Aliment puli oldindan to‘landi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan javobgar M.D.dan uning sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar aliment undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga olib borilgan. Ijro harakatlari davomida, javobgar Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limiga kelib, farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan. Davlat ijrochisi tomonidan javobgarning farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullari hisoblab chiqilgan.
Undiruvchi joriy yilning 8 aprel kuni Byuroning Xo‘jayli tuman bo‘limi kelib javobgardan hisoblab chiqilgan 329 million so‘m aliment pulini to‘lig‘i bilan olganligi to‘g‘risida til xat bergan va ijro ishini tugatib berishni so‘ragan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.