Abu-Dabi Rossiya va Ukraina muzokaralariga mezbonlik qilishi mumkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH vositachiligida Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga rozilik bildirdi. Kreml ma’lumotiga ko‘ra, uch tomonlama muloqot noyabr oyida Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin.
Moskva rejalashtirilayotgan muzokaralarda nizo tugaganidan keyin Ukraina va Rossiya xavfsizligini qanday ta’minlash masalasi muhokama qilinishini ma’lum qildi. Tomonlar tinchlik kelishuvi shartlari bo‘yicha hanuz uzoq pozitsiyalarda turibdi.
RF Donetsk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligini talab qilmoqda. AQSH va Ukraina vakillari esa muzokaralar jarayonida yangi takliflar muhokama qilinganini aytgan, ammo Kreml ularning ayrim jihatlari Rossiyani qoniqtirmasligini bildirdi.
Yaqinda Putin Sankt-Peterburgda AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan qariyb uch soat davom etgan uchrashuvda Rossiyaning Eron bilan munosabatlari, AQSHga o‘g‘it yetkazib berish va yirik qo‘shma iqtisodiy loyihalar muhokama qilingan. Shuningdek, kelasi oy Xitoyda Putin, Donald Tramp va Si Szinpin o‘rtasida ehtimoliy uchrashuv o‘tkazish masalasi ham ko‘tarilgan.
Ayni paytda Kiyev Vashington bilan harbiy razvedka ma’lumotlarini almashish va “Starshield” sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimidan foydalanishdagi muammolarni hal etishga umid qilmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA