Rossiya va Xitoy Marsni tadqiq etish bo‘yicha tayyorgarlikni boshladi
RF va XXR Marsni tadqiq qilishga qaratilgan qo‘shma missiyaning amaliy bosqichini boshladi. Mazkur loyiha doirasida Qizil sayyorani o‘rganish uchun maxsus ilmiy asbob-uskunalar va zarur jihozlarni ishlab chiqish hamda tayyorlash ko‘zda tutilgan.
“Roskosmos” davlat korporatsiyasi rahbari Dmitriy Bakanov ta’kidlashicha, ushbu tashabbus ikki mamlakatning koinot sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi.
Maxsus apparaturalarni yaratish ishlarining boshlanishi loyiha shunchaki muhokama bosqichidan chiqib, uning texnik qismini bevosita amaliyotga tatbiq etishga o‘tilganini anglatadi.
Hozircha ushbu missiyaning aniq uchirilish muddatlari va dasturning boshqa tafsilotlari oshkor qilingani yo‘q.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA