Abduqodir Husanov «MS»ning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi
Angliya Liga Kubogining amaldagi sohibi «Manchester Siti» yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini safarda «Norvich Siti» klubiga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda «Manchester Siti»ning yosh futbolchilari o‘zlarini ko‘rsatdi. Jamoa safida asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan Floyd Samba ikki marta gol urdi. Rayan Sherki, Allan va Rayan MakAydu esa bittadan to‘p kiritdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsda markaziy himoyada harakat qildi. Futbolchimiz uchrashuv davomida raqib hujumlarini bartaraf etishda faol ishtirok etdi. Abduqodir Husanovning o‘yini «Sofascore» tomonidan 7,6 ballga baholandi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» Liga Kubogidagi ishtirokini yirik g‘alaba bilan boshladi. Jamoa keyingi bosqichda «Brayton»ni qabul qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA