Abduqodir Husanov Mareska qo‘l ostida «Manchester Siti» mashg‘ulotlariga kirishdi
«Shaharliklar» yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 16-avgust kuni Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazadi.
Angliyaning «Manchester Siti» klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonlarini boshladi.
Klub matbuot xizmati e’lon qilgan suratlarda O‘zbekiston Milliy jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov ham klub ixtiyoriga yetib borgani va mashg‘ulotlarga kirishganini ko‘rish mumkin.


«Shaharliklar» yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 16-avgust kuni Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazadi. Ungacha jamoa «Inter» (1-avgust), K-Liga yulduzlari (5-avgust) va «Atletiko»ga (9-avgust) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.