Abbosbek Fayzullayev XXI asrdagi Jahon chempionatlari rekordini yangiladi
Oʻzbekiston terma jamoasi vingeri JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda (1:3) raqib darvozasini ishgʻol qilib, oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
Abbosbek Fayzullayev XXI asrda oʻtkazilgan Jahon chempionatlari final bosqichida bosh bilan gol urgan eng past boʻyli futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi vingeri JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda (1:3) raqib darvozasini ishgʻol qilib, oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Boʻyi 167 sm boʻlgan Fayzullayev ushbu goli orqali oʻziga xos tarixiy natijani qayd etdi.
Bungacha mazkur rekord urugvaylik Jorjian de Arrasakaetaga tegishli edi. Boʻyi 173 sm boʻlgan urugvaylik futbolchi XXI asr turnirlarida bosh bilan gol urgan eng past boʻyli oʻyinchi boʻlib turgandi.