Bukmeker shartnomasi sabab Andrea Pirloning Italiya terma jamoasini boshqarish rejasi barbod bo‘ldi
Ma’lum bo‘lishicha, Pirlo 2025 yil oktyabr oyidan beri Rossiya bukmekerlik kompaniyasi global elchisi hisoblanadi.
Taniqli mutaxassis Andrea Pirloning Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish ehtimoli bukmekerlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma tufayli amalga oshmay qoldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Pirlo 2025 yil oktyabr oyidan beri Rossiya bukmekerlik kompaniyasi global elchisi hisoblanadi. Joriy yilning may oyida esa u Moskvada mazkur kompaniya tomonidan tashkil etilgan tadbirda shaxsan ishtirok etgan. Bu holat Italiya futbol federatsiyasi hamda mahalliy siyosatchilarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi. Natijada Pirlo terma jamoa bosh murabbiyligi nomzodlari safidan rasman chiqarilgani tasdiqlandi.
Mazkur vaziyatdan so‘ng sport direktori Paolo Maldini ham Italiya futbol federatsiyasidan ketish masalasini o‘ylab qolgani aytilmoqda.