"BelTA": Minskda "InterStil – 2026" xalqaro go‘zallik ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
Joriy yilning 25–28-noyabr kunlari Belarus Respublikasida go‘zallik sanoatiga bag‘ishlangan ""InterStil – 2026" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Axborot hamkorimiz - “BelTA” AA xabariga ko‘ra, ko‘rgazmada 150 dan ortiq brend mahsulotlari va go‘zallik sanoatidagi so‘nggi yangiliklar namoyish etiladi.
To‘rt kunlik tadbir dasturidan 45 dan ziyod mahorat darslari, taqdimotlar, moda namoyishlari, kasbiy tanlovlar va ekspertlar ishtirokidagi konferensiyalar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga 7 ming nafarga yaqin tashrif buyuruvchi kelishi kutilmoqda. Ekspertlar fikricha, yig‘in soha mutaxassislari uchun tajriba almashish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.
A.Mamatov, O‘zA