Jahon birjalarida o‘sish, neft bozorida esa pasayish kuzatildi
Oq uy rahbari Donald Tramp Rossiya-Ukraina o‘rtasida energetika ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishilganini e’lon qilgach, jahon bozorlarida neft narxi biroz pasaydi, Osiyo birjalarida esa aksiyalar qimmatlashdi.
Trampning “Truth Social” tarmog‘idagi bayonotiga ko‘ra, kelishuv darhol kuchga kirishi kerak, biroq Kiyev bu xabarni hayrat bilan qarshi oldi va qo‘shimcha ma’lumot so‘radi. Vladimir Zelenskiy mamlakat sulhni qo‘llab-quvvatlashini, Rossiya ham unga amal qilishi muhimligini aytdi.
Shu bilan birga, Ukrainadagi bir nechta elektr stansiyalariga hujumlar uyushtirilgani xabar qilindi. Neft narxi esa dastlabki o‘sishni ortga qaytarib, har ikki asosiy xom neft shartnomasi bo‘yicha 1 foizdan ko‘proq arzonlashdi.
Jahon bozorida Gonkong, Sidney, Singapur, Vellington va Manila birjalari o‘sish bilan savdo qildi, AQSH fond bozoridagi muddatli shartnomalar narxi ham oshdi. Investorlar AQSHda inflyatsiya va chakana savdo bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilinishini, shuningdek, yirik banklarning moliyaviy hisobotlarini kutmoqda. Bu ko‘rsatkichlar Federal zaxira tizimining foiz stavkalari bo‘yicha keyingi qarorlariga ta’sir qilishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA