5 ming dollar talab qilgan firibgar ushlandi
DXX Toshkent viloyati Boshqarmasi va viloyat IJQK Departamenti hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, ilgari muqaddam sudlangan fuqaro Yu.T. boshqa bir tanishi E.O.ga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali muammosini hal qilish mumkinligiga ishontirgan. Buning evaziga u joriy yil 19-aprel kuni poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan avtoturargohga kelishilgan pulni olib kelishni so‘ragan.
Tezkor tadbir davomida Yu.T. tomonidan E.O. ga Chilonzor tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro qonunbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
A.Musayev, O‘zA