“Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, respublika bo‘yicha “Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi uchun 10 million 597 ming tup ko‘chat va butalar zaxirasi yaratilgan. Yashil hududlarda uzunligi 191 500 metr sug‘orish tizimlari mavjud.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, oylik doirasida respublikaning barcha hududlaridagi mahallalar, ko‘chalar, yo‘llar, ariqlar, kanallar, suv havzalari va boshqa jamoat joylari chiqindilardan tozalanib, noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etildi. Xususan, joriy yil 7-8-oktabr kunlari Farg‘ona viloyati 8244 tonna, Qashqadaryo viloyati 3069 tonna, Buxoro viloyati 3790 tonna, Sirdaryo viloyati 2836 tonna, Namangan viloyati 4922 tonna chiqindidan xalos qilindi. Shuningdek, boshqa hududlardan ham tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA