2,4 million qiz ta’limdan mahrum, Qozog‘istonda 15 million fuqaro ma’lumotlari xavf ostida - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Xitoyda fermerning sun’iy intellekt tavsiyasiga amal qilib, qariyb 10 gektarlik kunjut hosilidan ayrilishi, Vengriya sobiq bosh vaziri Viktor Orbanning ijtimoiy tarmoqlardagi kontentiga 11 million yevroga yaqin mablag‘ sarflangani hamda Afg‘onistonda 2,4 millionga yaqin qiz ta’lim olish imkoniyatidan mahrum ekani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Rossiyada 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan AQSH harbiy faxriysi Robert Gilmanning ozod etilishi, Kolumbiyada kuchli zilzila sabab qahva eksportining deyarli to‘xtab qolishi va Qozog‘istonda 15 million fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari darknetga sizdirilgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyodagi eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
https://youtu.be/howONqgQQs8?si=mEa3oafa8WMoj2GZ
Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA