Yoshlarimiz Turkiyada tajriba almashmoqda
Shu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Turkiya–O‘zbekiston” xalqaro yoshlar tajriba almashinuvi dasturida mamlakatimiz yoshlari ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Manavgat tumani hokimi Adil Karatash bilan uchrashib, yoshlar siyosati hamda Turkiyaning istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, vakillarimiz “Alanya Alaaddin Keykubat universiteti” (ALKU) rektori Kenan Ahmet Turkdog‘an bilan oliy ta’limdagi hamkorlik va akademik almashinuv bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Shu bilan birga, ular Alanya yoshlar марказида yigit-qizlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishdi.
Qayd etilganidek, mazkur uchrashuvlar ikki qardosh davlat o‘rtasidagi yoshlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
G.Boboyeva,
O‘zA