Yoshlar milliylikka havas bilan ulg‘aysin
Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi Yoqutxon O‘rinboeva milliy an’analarimizni targ‘ib etib kelayotgan mohir hunarmandlardan.
Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi Yoqutxon O‘rinboeva milliy an’analarimizni targ‘ib etib kelayotgan mohir hunarmandlardan.
10 yildan buyon milliy uslubdagi qo‘g‘irchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi. Faoliyati davomida o‘nlab shogirdlar tayyorlagan.
–Farzand tarbiyasida milliy qadriyatlarning o‘rni katta, – deydi “Hunarmand” uyushmasi a’zosi Yoqutxon O‘rinboeva. – Sharqona uslubda yasalgan, egnida atlas ko‘ylak, boshida do‘ppi, qirq kokilli qo‘g‘irchoqni o‘ynab katta bo‘lgan bola albatta milliylikka havas bilan ulg‘ayadi.
“Tashabbus – 2019” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Yoqutxon O‘rinboeva “Yilning eng yaxshi hunarmandi” sifatida e’tirof etildi.


