Yosh shaxmatchimiz “Central and North Asian Chess Championship 2026” g‘olibi
Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida davom etayotgan “Central and North Asian Chess Championship 2026” musobaqasi yakunlanishiga bir tur qolganda terma jamoamiz a’zosi Ibrohim Jumanazarov 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida davom etayotgan “Central and North Asian Chess Championship 2026” musobaqasi yakunlanishiga bir tur qolganda terma jamoamiz a’zosi Ibrohim Jumanazarov 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Bugun, 7-iyul kuni yosh iqtidorlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning 8-tur bahsida Ibrohim Jumanazarov qozog‘istonlik Alrami Mukashevni oq donalarda mag‘lub etishi ortidan muddatidan avval chempionlikni naqd qildi.

Ortda qolgan 8 ta tur o‘yinlarida Ibrohim 7,5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Raqiblaridan 1,5 ochko o‘zib ketishi uning muddatidan avval musobaqa g‘olibi bo‘lishini ta’minladi.
Aytish lozimki, Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionati nizomiga ko‘ra, I.Jumanazarov U12 toifasi g‘olibi bo‘lish bilan birga FIDE ustasi unvoniga hamda mukofot jamg‘armasining 500 AQSH dollari miqdoridagi mukofotga ega chiqdi.

6 ta davlatning iqtidorli shaxmatchilari qatnashayotgan mazkur birinchilikda O‘zbekiston terma jamoasining 87 nafar a’zosi turli yosh toifasidagi bahslarda ishtirok etmoqda.
Ortda qolgan 8 ta tur o‘yinlaridan keyin terma jamoamiz a’zolaridan Komilxon Murtazayev va Abdulaziz Hasanov 6 ochko bilan U8 yosh toifasida 3-4 o‘rinlarni, Sayfuddin Erkinboyev 7 ochko bilan U10 yosh toifasida 1-o‘rinni, Akbar Mustafaqulov 6 ochko bilan U12 yosh toifasida 2-o‘rinni, Shavkatjon Abduxoliqov 6,5 ochko bilan U14 yosh toifasida 2-o‘rinni, Javohir Bozorov 5,5 ochko bilan U18 yosh toifasida 3-o‘rinni, Nigina Xudoyberdiyeva qizlar o‘rtasida U8 yosh toifasida 3-o‘rinni, Malika Norqulova 7 ochko bilan U10 yosh toifasida 23-o‘rinni, Malika Jumayeva 6 ochko bilan U16 yosh toifasida 2-o‘rinni, Zilola Aktamova 6,5 ochko bilan U18 yosh toifasida 1-o‘rinni egallab turibdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA