Yevropa Ittifoqi Armaniston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi (+video)
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen kelasi hafta Armanistonga tashrif buyurib, bosh vazir Nikol Pashinyan bilan muzokara o‘tkazadi, deb xabar berdi Euronews nashri
Tashrif Pashinyanning yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozonib, yana bosh vazirlik lavozimiga saylanganidan keyin amalga oshirilmoqda.
Saylovlar arafasida Yevropa Ittifoqi Armanistonni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, mamlakat uchun yordam paketini e’lon qilgan edi. Bu paket Rossiya tomonidan joriy etilgan savdo cheklovlarining iqtisodiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan.
Yevrokomissiya ma’lumotiga ko‘ra, Armaniston xususiy sektoriga Rossiyaning savdo cheklovlari oqibatlarini kamaytirish uchun qo‘shimcha 34 million yevro ajratilgan. Mablag‘ agrosanoat, gulchilik va eksportga yo‘naltirilgan boshqa tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos ham yaqin kunlarda Armanistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi suveren, demokratik va mustaqil Armanistonni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, Pashinyan saylovlar oldidan Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikka harakat qildi. Pashinyanning aytishicha, Armaniston Rossiya manfaatlariga qarshi harakat qilmaydi, biroq o‘z milliy manfaatlarini ham himoya qilishda davom etadi.
<iframe width="458" height="815" src="https://www.youtube.com/embed/qNTYs1RjjuU" title="Yevropa Ittifoqi Armaniston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA