Rossiya - Ukraina: burilish nuqtasi qayerda?
Yevropa mudofaa komissari Andryus Kubilyus Kiyev tomonidan mahalliy miqyosda ballistik raketa ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi Rossiya va Ukraina urushining ehtimoliy burilish nuqtasi ekanini aytgan. Bu haqda "Ozodlik radiosi" xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev allaqachon turli xil qurol ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, ballistik raketaga qarshi qurilmalar bu yo‘ldagi keyingi dadil qadam bo‘lishi mumkin. Kubilyus ukrainalik mutaxassislar raketa sohasida yuqori darajada malaka namoyish etayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga u Ukrainada hozir bunday loyihalar amalga oshirish uchun zamonaviy radar tizimi va nishonni aniqlash uskunasi yetishmasligiga e’tibor qaratib, bu masala Yevropa mudofaa kompaniyalari bilan hamkorlik orqali hal qilinishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari Yevropa komissari “Mim 104 Patriot” tizimi uchun raketa ishlab chiqarish uchun litsenziya olish ham muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li emasligiga urg‘u berdi. Uning fikricha, Ukraina allaqachon urush jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, strategik muvozanatni o‘zgartira oladigan texnologiya yutug‘i belgilarini namoyon etmoqda.
S.Rahimov, O‘zA