Yerdan maqsadli foydalanişda masʼuliyat talab etiladi
Yer maydonlaridan samarali va belgilangan maqsadda foydalaniş, uni asrab-avaylaş hamda yer qonunçiligi talablariga qatʼiy rioya etiş nafaqat davlat organlari, balki har bir fuqaro va tadbirkorning zimmasidagi masʼuliyat hisoblanadi.
Bugungi kunda yer resurslaridan qonuniy va maqsadli foydalanişni taʼminlaş, yer uçastkalaridan foydalaniş bilan boğliq huquqbuzarliklarning oldini oliş, şuningdek, aholi örtasida yer qonunçiligiga oid huquqiy bilim va tuşunçalarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Kadastr agentligi Andijon viloyati boşqarmasi, uning tuman, şahar bölimlar mutaxassislari tomonidan joylarda muntazam ravişda profilaktik va tarğibot-tuşuntiriş tadbirlari ötkazilmoqda.

Taʼkidlaş joizki, yer munosabatlari sohasida profilaktik işlarni samarali taşkil etiş huquqbuzarlik sodir etilganidan keyingi çora köriş bilan çeklanib qolmasdan, avvalo, uning oldini olişga xizmat qiladi. Şu nuqtai nazardan hududlarda taşkil etilayotgan uçraşuv va muloqotlarda fuqarolar hamda tadbirkorlarga yer uçastkalaridan foydalaniş tartibi, yerdan maqsadli foydalanişning ahamiyati, mavjud huquqlarni qonuniy rasmiylaştiriş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berilmoqda.

Jumladan, joriy yilning ötgan davri davomida inspektorlar tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2 ming 878 ta holatda 106,2 gektar yer maydoni özboşimçalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan olib borilgan tarğibot va tuşuntiriş işlari natijasida 2 ming 115 ta qonunbuziliş holati ixtiyoriy ravişda bartaraf etildi, 379 ta holat sud organlariga yuborildi, 93 ta holat böyiça hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.
Fuqarolarga har qanday quriliş yoki yerdan foydalaniş işlarini boşlaşdan avval amaldagi qonunçilik talablarini örganiş, zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş va belgilangan tartiblarga amal qiliş muhimligi tuşuntirilmoqda. Şu bois, hududlarda ötkazilayotgan profilaktik tadbirlarda mutaxassislar tomonidan fuqarolarning savollariga javoblar berilib, yerdan foydalaniş bilan boğliq holatlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilmoqda.

Zero, yerni asraş, undan oqilona va qonuniy foydalaniş bu nafaqat bugungi kun talabi, balki kelajak oldidagi ulkan masʼuliyatdir.
Botirjon Mirzahmedov,
Kadastr agentligi Andijon viloyati boşqarmasi boşliği örinbosari.
ÖzA