Yangiyerda yangi loyihalar ishga tushadi
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev viloyat bojxona boshqarmasi rahbarlari, viloyat idora va tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh ishtirokida Yangiyer shahrida barpo etilayotgan un va qandolatchilik mahsulotlari hamda meva- sabzavotlarni qayta ishlash loyihalari bilan tanishdi.
Qiymati 580 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan loyiha bo‘yicha yiliga 1,8 ming tonna qandolatchilik va meva- sabzavot mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishga erishilib, 60 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.

Loyiha to‘liq ishga tushishi natijasida un, makaron, qandolat mahsulotlari, konfetlar, jem va pyure, meva danaklaridan o‘simlik yog‘i, meva-sabzavotlardan konserva mahsulotlari va xo‘jalik sovuni ishlab chiqariladi.

Bugungi kunda mazkur loyiha doirasida mavjud asbob-uskunalarni o‘rnatish ishlari boshlangan bo‘lib, joriy yilning 2-choragida loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Sh.Suyarov,
O‘zA muxbiri