Har bir ayol himoya va eʼtiborga loyiq
Guliston şahrida xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş hamda jamiyatda bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan tarğibot tadbiri ötkazildi.
Guliston şahar tibbiyot birlaşmasida «Biz zöravonlikka qarşimiz!» şiori ostida taşkil etilgan tadbir şahar Oila va xotin-qizlar bölimi, Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qiliş markazining Sirdaryo viloyati hududiy bölimi hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamkorligida taşkil etildi.

Unda Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Şuhrat Alimov, Guliston şahar hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Aziza Payziyeva, tibbiyot xodimlari va psixologlar iştirok etdi.
Uçraşuvda xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş, jabrlangan şaxslarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam körsatiş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda sözga çiqqanlar Konstitutsiyaning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kafolatlaşdagi örni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burçlari, qonun ustuvorligi hamda ijtimoiy adolat tamoyillarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati xususida fikr yuritdilar. Şuningdek, tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, yoşlarni turli huquqbuzarliklardan asraş hamda jinoyatçilik profilaktikasini erta bosqiçdan yölga qöyiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Soha mutaxassislari iştirokçilarga öz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişning amaldagi mexanizmlari, tazyiq va zöravonlik holatlarida vakolatli taşkilotlarga murojaat etiş tartibi, himoya orderining huquqiy ahamiyati hamda huquqbuzarliklar uçun belgilangan javobgarlik çoralari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berib, amaliy tavsiyalar bilan örtoqlaşdilar.
Tadbir doirasida Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qiliş markazining Sirdaryo viloyati hududiy bölimi hamda Guliston şahar Oila va xotin-qizlar bölimi hamkorligida tazyiq va zöravonlikka uçragan 12 nafar ayolga psixologik yordam körsatildi. Mutaxassislar ularning ruhiy holatini barqarorlaştiriş, mavjud muammolarni yengib ötiş va ijtimoiy hayotga moslaşişiga kömaklaşiş yuzasidan zarur tavsiyalar berdilar.

Taʼkidlaş joizki, zöravonlikka qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar yoki tegişli taşkilotlarning vazifasi emas. Bu borada har bir fuqaroning befarq bölmasligi, jabrlangan insonlarni qöllab-quvvatlaşi va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirişga hissa qöşişi muhimdir.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri