Yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Nazarqosimov Sarvar Inatullayevich Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sarvar Nazarqosimov ushbu tayinlovga qadar Jizzax viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangi rahbarni jamoaga tanishtirish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Jizzax viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilmurod Xudoyshukurov ishtirok etdi.

Abdujalol Qayumov,
O‘zA muxbiri