“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi (+video)
Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham yuksaladi. Yangi O‘zbekistonning siyosiy, strategik islohotlari ham ayni shunga qaratilgan.
Shu maqsadda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor shaxslar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning respublika bosqichida hududiy saralashdan o‘tgan eng kuchli oilalar 5 ta shart bo‘yicha bellashdi. Shartlar ro‘zg‘orda ayol va erkak yumushlari, shuningdek, erkin, ijodiy qismdan iborat bo‘ldi. Qizg‘in o‘tgan bahslarda uchinchi o‘rin Buxoro viloyati, ikkinchi o‘rin Jizzax viloyati hamda birinchi o‘rin Samarqand viloyatiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar Ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, barcha ishtirok etgan oilalarga Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan muzlatgichlar berildi. Esdalik sovg‘alarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova topshirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KrVmLsorBqA" title="Ibratli oilalar tanlovi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sherbek Islomov,
Oybek Davronov (video),
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA