XVJ: Aprelda energiya ta’minoti qiyinlashadi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, aprel oyi global energiya ta’minoti borasida mart oyiga nisbatan ancha qiyin kechadi.
Moliyachi ta’minot zanjiri uzilishi jiddiy tashvish tug‘dirayotganini ta’kidladi.
– Mart oyi qiyin keldi, – dedi Georgiyeva Vashingtonda bo‘lib o‘tgan XVJ va Jahon banki boshqaruv idoralarining bahorgi yig‘ilishida. Afsuski, aprel yanada qiyin kechishi mumkin, chunki 28-fevraldan oldin jo‘nagan tankerlar allaqachon manziliga yetib borgan, yangi ta’minot esa kutilmaydi... Biz neft va gaz ta’minotidagi uzilish ta’sirini jiddiy tashvish bilan kuzatyapmiz.
S.Rahimov, O‘zA