Xorvatiya terma jamoasining mundial uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
Taqdim etilgan bayonot dastlabki maqomga ega bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi mundial reglamentiga muvofiq ruxsat etilgan maksimal miqdordagi — 26 nafar futbolchidan iborat asosiy tarkibni shakllantirib bo‘lgan.
Futbol bo‘yicha Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich joriy yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini rasman ochiqladi.
Taqdim etilgan bayonot dastlabki maqomga ega bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi mundial reglamentiga muvofiq ruxsat etilgan maksimal miqdordagi — 26 nafar futbolchidan iborat asosiy tarkibni shakllantirib bo‘lgan.
Xorvatiya terma jamoasining JCh-2026 uchun rasmiy qaydnomasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabonlar: Dominik Livakovich («Dinamo» Zagreb), Dominik Kotarski («Kopengagen»), Ivor Pandur («Xall Siti»);
Himoyachilar: Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Due Chaleta-Sar («Real Sosedad»), Yosip Shutalo («Ayaks»), Yosip Stanishich («Bavariya»), Marin Pongrachich («Fiorentina»), Martin Erlich («Midtyulland»), Luka Vushkovich («Gamburg»);
Yarim himoyachilar: Luka Modrich («Milan»), Mateo Kovachich («Manchester Siti»), Mario Pashalich («Atalanta»), Nikola Vlashich («Torino»), Luka Suchich («Real Sosedad»), Martin Baturina («Komo»), Kristiyan Yakich («Augsburg»), Petar Suchich («Inter»), Nikola Moro («Bolonya»), Toni Fruk («Riyeka»);
Hujumchilar: Ivan Perishich (PSV), Andrey Kramarich («Xoffenxaym»), Ante Budimir («Osasuna»), Marko Pashalich («Orlando Siti»), Petar Musa («Dallas»), Igor Matanovich («Frayburg»).
Bundan tashqari, kutilmagan jarohatlar yoki favqulodda holatlar yuzaga kelganda asosiy tarkib o‘rnini to‘ldirish uchun yana 7 nafar futbolchi zaxira ro‘yxatiga kiritilgan. Bular: Lovro Mayer («Volfsburg»), Franjo Ivanovich («Benfika»), Dion Belo, Luka Stoykovich (ikkisi ham — «Dinamo» Zagreb), Ivan Smolchich («Komo»), Karlo Letitsa («Lozanna») va Edrian Segechich («Portsmut»).