“Arsenal” Dyokereshni Ayven Toniga almashtirmoqchi
“Kanonirlar” vakillari shvetsiyalik hujumchini ingliz futbolchisiga ayirboshlash bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni allaqachon muhokama qilgan.
Londonning “Arsenal” klubi hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgarish qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. “Kanonirlar” Viktor Dyokereshni “Al-Ahli” hujumchisi Ayven Toniga almashtirish variantini muhokama qilgan.
Indykaila News ma’lumotiga ko‘ra, “Arsenal” vakillari shvetsiyalik hujumchini ingliz futbolchisiga ayirboshlash bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni allaqachon muhokama qilgan.
30 yoshli Toni Saudiya Arabistonida yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda. U “Al-Ahli” safidagi 99 uchrashuvda 78 ta gol urib, 17 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda, amaldagi shartnomasi esa 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
28 yoshli Dyokereshning Transfermarkt’dagi qiymati esa 65 million yevroni tashkil etadi.
Agar muzokaralar jiddiy bosqichga o‘tsa, futbolchilarning bozor qiymati o‘rtasidagi katta tafovut sababli oddiy ayirboshlashdan tashqari qo‘shimcha moliyaviy shartlar ham talab qilinishi mumkin. Hozircha esa gap klublar o‘rtasida yakunlangan kelishuv haqida emas, “Arsenal” tomonidan ko‘rib chiqilayotgan variant haqida ketmoqda.