Xitoylik olimlar bilan hamkorlik rivojlanmoqda
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu kunlarda Shinjon Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi professori Xu Xayjian boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi. Delegatsiya a’zolari tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy izlanishlar, innovatsion ishlanmalar, texnologiyalar transferi va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini qamrab olgan memorandum imzolandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA