Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Boshqaruv tizimining nechog‘li ishlash-ishlamasligi undagi bo‘g‘inlarning saviyasi bilan baholanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda so‘nggi o‘n yillikda har bir davlat idoralariga erkin faoliyat olib borish imkoniyati berildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har bir hokimlik, davlat tashkilotlari mustaqil tarzda xalqaro munosabatlarga kirishish imkoniga ega bo‘ldi.
Jumladan, Yakkasaroy tumanida ham xorijiy investorlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Yakkasaroy tumani hokimi va bir qator mas’ullar Xitoyning “SHENG KE-INTERNATIONAL” MCHHJ XK rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tumanda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar islohotlar samarasiga yanada ijobiy ta’sir qilmog‘i shubhasiz. Negaki, taraqqiyot kaliti - tajriba.
Sherbek Islomov,
O‘zA