Prokuratura organlari 2 ming 670 nafar xotin-qizga turli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatdi
Ayollarning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, salohiyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bugungi kun uchun dolzarb masala hisoblanadi.
Shu bois, prokuratura organlari tomonidan muntazam ravishda xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida aynan hududiy prokurorlar tomonidan 2 ming 670 nafar xotin-qizga turli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, 420 nafariga bir martalik 456,3 million so‘mlik yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, 53 nafarining uy-joylari ta’mirlab berilgan.
395 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan, shundan 381 nafari boshqa ishga joylashtirilgan, 10 nafariga tikuv mashinasi va boshqa asbob-uskunalar olib berilgan.
Kasb-hunarga o‘qitilib va sertifikat berilgan 60 nafar xotin-qizdan 14 nafarining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali bandligi ta’minlangan.
Sog‘liqni saqlash sohasida jami 329,2 million so‘mlik ajratilgan mablag‘lar hisobidan 156 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning 64 nafari 1,6 milliard so‘mlik subsidiya va kreditlar ajratish orqali qo‘llab-quvvatlangan. 1 ming 495 nafar xotin-qizga 2,4 milliard so‘mlik boshqa turdagi yordamlar berilgan.
N.Abduraimova, O‘zA