Xitoyda robotlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkaziladi
Joriy yilning 22-26-avgust kunlari Xitoy poytaxti Pekinda Jahon gumanoid robot o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
16 ta mamlakatdan 666 jamoadan 2056 robot ishtirok etadigan mazkur o‘yinlar ikkinchi bor tashkil etilmoqda.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu 2025-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinlarda ishtirok etgan robotlar sonidan to‘rt baravar ko‘p, deganidir. Musobaqada 157 kompaniya va 200 ta ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarining 641 ta jamoasini ifoda etadigan 1975 ta mahalliy robot qatnashishi belgilangan.
O‘yinlarda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Yaponiya, Braziliya va boshqa mamlakatlar vakillarining ishtiroki musobaqaning xalqaro miqyosda keng qamrovliligini ta’minlash bilan birga Xitoyning gumanoid robototexnika sohasidagi ichki rivojlanishining ko‘lamini ifoda etadi.
Jahon gumanoid robot o‘yinlari 30 ta sport turi bo‘yicha tashkil etiladi. Xususan, futbol, yengil atletika, og‘ir atletika, stol tennisi futbol kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA