Xitoyda dron va avtonom texnikaning so‘nggi yutuqlari namoyish etildi
Sharqiy Xitoyning Xefey shahrida o‘tkazilayotgan “Jahon ishlab chiqarish sanoati-2026” konferensiyasida uchuvchisiz uchoqlar, avtonom avtomobillar va suv kemalarining eng so‘nggi innovatsiyalari namoyish etildi.
Tadbir doirasidagi maxsus ko‘rgazmada zamonaviy dron ekotizimi va avtonom tizimni amaliyotda qo‘llash imkoniyati taqdim etildi.



Ushbu anjumandan ko‘zlangan maqsad ilmiy ishlanmalar va sanoat tarmoqlari integratsiyasini yanada kengaytirishdir.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA