Xitoyda “COVID-19” holatlari yana ko‘paymoqda(mi)?
“China Daily” nashrining Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, joriy yil iyun oyida XXRda “COVID-19” ning 79 mingta tasdiqlangan holati qayd etilgan, jumladan, 130 ta og‘ir holat va bitta o‘lim kuzatildi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich may oyidagi taxminan 21 861 ta va apreldagi 23 477 ta holatdan ko‘p bo‘lib, vaziyat yomonlashganini anglatadi. Ta’kidlanishicha, barcha holatlar “Omikron” varianti bilan bog‘liq va yangi shtammlarning paydo bo‘lish belgilari yo‘q.
S.Rahimov, O‘zA