Voleybol: Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi Andijon jamoasiga nasib etdi
Poytaxtimizda voleybol bo‘yicha faxriylar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 9 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Guliston shahrida voleybol bo‘yicha faxriylar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 9 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Faxriy voleybolchilarga chinakam sport bayramini tuhfa etgan kubok bahslari yakunida Andijon viloyati jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Buvayda tumani vakillari 2-o‘rinni, Toshkent shahri hamda Farg‘ona viloyati jamoalari kuchli uchlikka yakun yasadi.

Mamlakat kubogi davomida voleybol faxriylarining davra suhbatlari tashkil etilib, mamlakatimizda o‘yin sport turlariga berilayotgan e’tibor e’tirof etilib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng yoyishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlashdi.

Samimiy kechgan davrada voleybol faxriylari yodga olinib, ularning sport rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasiga yuqori baho berildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA