Uychi tumanida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar
Namangan viloyati Uychi tumani Guliston mahallasida aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish va oilalar daromadini oshirish maqsadida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanilmoqda. Davlat rahbari tashabbusi bilan ishsiz yoshlar va fuqarolarga 15 sotixdan yer ajratilib, ularda dehqonchilik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda mahalladagi yer maydonlarining asosiy qismiga kartoshka ekilib, birinchi hosil muvaffaqiyatli yig‘ib olinmoqda. Hosildan keyin esa ikkinchi ekin sifatida makkajo‘xori, yer yong‘oq va turli sabzavotlar yetishtirilmoqda. Bu esa aholining yil davomida daromad olishiga xizmat qilyapti.
Guliston mahallasida yashovchi fuqaro G‘iyosbek Erkaboyev ham mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib kelmoqda. Uning ta’kidlashicha, kartoshka ekish ishlari ushbu hududda uchinchi yildan buyon amalga oshirilmoqda.
— Birinchi yilda olingan natija yaxshi bo‘lgani sababli keyingi yillarda ham kartoshka ekish ko‘lami kengaydi. Birinchi hosil uchun kartoshka, ikkinchi hosilga esa makkajo‘xori, yer yong‘oq va boshqa sabzavotlar ekib kelyapmiz. Bu orqali aholi ham band bo‘lmoqda, ham daromad topmoqda, — deydi G‘iyosbek Erkaboyev.
Mahallada amalga oshirilayotgan bunday ishlar aholi turmush darajasini yaxshilash, yerdan unumli foydalanish va ishsizlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fOGw1CVJ_Nk" title="Uychi tumanida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir Tursunov, O‘zA