Yoshlar – taraqqiyot va kelajak bunyodkori
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i B.Qutlimuratov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini oshirish, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish haqida batafsil so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklar, ularning salbiy oqibatlari hamda bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda talabalarga bojxona tizimining mazmun-mohiyati, uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdagi muhim o‘rni hamda fuqarolar manfaatini himoya qilishdagi ahamiyati haqida tushuntirish berildi. Sohaga qiziqish bildirgan yoshlarga bojxona organlarida xizmat qilish tartibi bo‘yicha ham batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi va Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasida yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, memorandum imzolash, talabalarning bojxona organlarida amaliyot o‘tashini samarali tashkil etish hamda ularning innovatsion g‘oyalari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir samimiy muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.