Urugvay bosh murabbiyi: bu narsa futbolga hech narsa bermaydi
Shimoliy Amerikada oʻtayotgan Jahon chempionatida har bir boʻlimning oʻrtasida suv ichib olish uchun uch daqiqalik tanaffuslar joriy etilgan.
Urugvay terma jamoasi ustozi Marselo Byelsa Jahon chempionati — 2026 uchrashuvlari vaqtida suv ichish uchun berilayotgan tanaffuslardan norozi ekanligini bildirdi.
"Oʻyinlar toʻrt qismga boʻlinib ketmoqda, bu esa futbolning odatiy meʼyorlarini oʻzgartirib yuboryapti. Bu narsa oʻyinga hech narsa bermaydi, aksincha, borini ham tortib oladi", — deya bosh murabbiyning soʻzlarini keltirmoqda "AS" nashri.
Shimoliy Amerikada oʻtayotgan Jahon chempionatida har bir boʻlimning oʻrtasida suv ichib olish uchun uch daqiqalik tanaffuslar joriy etilgan.
Mundialdagi start uchrashuvida Urugvay terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan durang oʻynagan edi (1:1). Byelsa shogirdlari nufuzli turnirdagi navbatdagi oʻyinini Kabo-Verde jamoasiga qarshi oʻtkazishadi. Ushbu uchrashuv ertaga, 22-iyun kuni boʻlib oʻtadi.