Urganch – Tuproqqal’a yo‘li betonlashtirilmoqda
Xorazmda yana bir ulkan loyihaga qo‘l urildi. Vohaning transport infratuzilmasini zamonaviylashtirish yo‘lida tarixiy qadam tashlandi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “D213 – Urganch – Xonqa – Hazorasp – Amudaryo – A380” avtomobil yo‘lining 84 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasiga start berildi.

Loyiha doirasida mavjud ikki tasmali asfalt-beton yo‘l to‘rt tasmali zamonaviy sement-beton yo‘lga aylantiriladi.

Amudaryo ustidan yangi ko‘prik quriladi hamda 49 ta mavjud ko‘prik kengaytiriladi. Uchta yer usti va bitta yer osti piyodalar o‘tish yo‘laklari barpo etiladi.

Jumladan, D213 yo‘lining Tuproqqal’a tumanidan o‘tgan 10 km qismi yangilanadi.


O‘tkazilgan tantanali marosimda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari O.Odilov, viloyat hokimining o‘rinbosari S.Bekchanov, tuman hokimi A.Jimalyazov hamda mahalla oqsoqollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri