Universitetda askarlar ishtirokida tadbir
Buxoro davlat universitetining turizm fakultetida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida “Milliy tasviriy sanʼatda turizmning roli” nomli koʻrgazma tashkil etildi.
Buxoro davlat universitetining turizm fakultetida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida “Milliy tasviriy sanʼatda turizmning roli” nomli koʻrgazma tashkil etildi.
Vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada fakultetning milliy tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy ishlari namoyish etildi. Tadbirga hududdagi harbiy qism askarlari taklif etilib, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirishga qaratilgan suhbat uyushtirildi. Tadbir doirasida professor-oʻqituvchilar tomonidan milliy tasviriy sanʼat boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.




