Uilyam Saliba «Arsenal»ning mavsum boshidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi
Bugun, «Arsenal» 2026/27-yilgi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi.
Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba yangi mavsumni o‘tkazib yuboradi.
Fransiyalik futbolchi jahon chempionati vaqtida belidagi jarohatini og‘irlashtirgan. Natijada uning umurtqa pog‘onasida sinish aniqlangan.
«JCh vaqtida menga Saliba jarrohlik amaliyotini o‘tkazsa, tiklanishi uchun 4–5 oy kerak bo‘lishini aytishdi. Yaxshiyamki, «Arsenal» uchun operatsiyaga ehtiyoj qolmadi. Ammo menimcha, u baribir kamida 2–3 oy maydonga tusha olmaydi», — dedi BBC jurnalisti Sami Mokbel.
Bugun, 16-avgust kuni «Arsenal» 2026/27-yilgi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. «Kanonirlar» Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.