«Barselona» Luis Suares uchun €80 million to‘lashni istamayapti
«Sporting» futbolchi uchun chegirma qilish niyatida emas va kolumbiyalik hujumchining jamoada qolishini kutmoqda.
«Barselona» «Sporting» hujumchisi Luis Suaresning transfer huquqini sotib olish uchun shartnomada belgilangan 80 million yevrolik bandni faollashtirmoqchi emas. Kataloniyaliklar bu summani haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Sporting» futbolchi uchun chegirma qilish niyatida emas va kolumbiyalik hujumchining jamoada qolishini kutmoqda.
Avvalroq Romano «Barselona» Suaresni «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilishning iloji bo‘lmagan taqdirda muqobil variant sifatida ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergandi.
O‘tgan mavsumda 53 ta uchrashuvda maydonga tushgan Suares 38 ta gol urib, 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.