Uch yilda soha mas’ullari va hokimlar oldida 2 milliard 800 million dollarlik 42 ta loyihani ishga tushirish vazifasi turgani qayd etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, dunyoda mineral o‘g‘itga talab yiliga 5 foizdan o‘sib, 2030-yilda 260 milliard dollardan oshadi.
Ayniqsa, yangi agrotexnologiyalar hisobiga suvda eruvchan o‘g‘itga bo‘lgan ehtiyoj keskin ko‘paymoqda.
Investorlar bilan muzokaralar natijasida Qashqadaryoda yillik quvvati 230 ming tonna bo‘lgan 114 million dollarlik, Sirdaryo viloyatida 400 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Umuman, uch yilda soha mas’ullari va hokimlar oldida 2 milliard 800 million dollarlik 42 ta loyihani ishga tushirish vazifasi turgani qayd etildi.
Bu orqali 2030-yilga borib, azotli o‘g‘it ishlab chiqarish hajmini 2,8 milliondan 4 million tonnaga, fosforli o‘g‘itni 400 mingdan 900 ming tonnaga, suvda eruvchan o‘g‘itlarni 100 mingdan 400 ming tonnaga yetkazish muhim ekani ta’kidlandi.
O‘zA