Turkiya inqiroz sharoitida samolyotlar uchun yonilg‘i quyish markaziga aylandi
Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli bir qator mamlakatlarda aviatsiya yonilg‘isiga cheklov qo‘yilgan bir paytda samolyotlar yonilg‘i quyish uchun tobora ko‘proq Turkiyadan foydalanmoqda, deya xabar tarqatdi “Ekonomim” gazetasi.
– Ba’zi aeroportlardagi cheklov tufayli samolyotlar yonilg‘i olish uchun Istanbulga qo‘nishga majbur bo‘lmoqda, – deb yozgan gazeta.
Yevropa va Osiyoda aviatsiya yonilg‘isi ta’minotiga nisbatan joriy etilgan cheklov aviakompaniyalarni muqobil yonilg‘i quyish manzillarini izlab, yo‘nalishlarni o‘zgartirishga majbur qilmoqda. Ayni sharoitda Istanbul asosiy markazga aylandi.
Sohaga aloqador manbalar ba’zi reyslar, hatto, oxirgi manzil bo‘lmasa ham, faqat yonilg‘i quyish uchun Istanbulga qo‘nayotganini tasdiqlagan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, vaziyat aviatashuvchilar xarajatini oshirib, yuk tashish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
S.Rahimov, O‘zA