Hurmuz bo‘g‘ozi qamali Xitoy, Turkiya, Hindiston va Pokistonga ko‘proq ta’sir qiladi
AQSH Eron portlarini qamal qilishi Islom Respublikasi tovarlarining jahon bozoriga eksportiga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin. Mazkur cheklov tashqi savdoga jiddiy bosim o‘tkazishi kutilyapti.
Iqtisodiy murakkablik rasadxonasi (Observatory of Economic Complexity – OEC) ma’lumotiga ko‘ra, salbiy oqibat Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston kabi Tehronning asosiy importchilariga sezilarli ta’sir qiladi.
So‘nggi yillarda etilen polimeri, temir rudasi, atsiklik spirt hosilasi va neftdan olinadigan gaz Eronning asosiy eksport tovarlariga aylangan.
CNN tarqatgan xabarda Ozarbayjon va Armaniston ham ushbu mamlakatning asosiy savdo sheriklari qatoriga kirishi ta’kidlangan.
S.Rahimov, O‘zA