Turkiya futbolida katta tergov: nishonda 3700 nafar futbolchi
Istanbul shahar prokuraturasi Turkiya Futbol federatsiyasi bilan bog‘liq 19 klub menejeri ishtirokidagi noqonuniy pul tikish ishi bo‘yicha tergov olib bormoqda. Tergovchilar 2020-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davr uchun pul tikish platformalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishdi.
Turkiya adliya vaziri Akin Gurlekning so‘zlariga ko‘ra, tergov doirasida 17 kishi hibsga olingan va mamlakat bo‘ylab o‘nta viloyatda tintuvlar o‘tkazilgan. O‘lkaning turli ligalaridan taxminan 3700 nafar futbolchi, jumladan, yuqori diviziondagi 25 nafar futbolchi gumon qilinmoqda. Ularning ko‘pchiligi bir yilgacha diskvalifikatsiya qilingan.
Bundan tashqari, Turkiya Futbol federatsiyasi taxminan 150 nafar hakamni vaqtinchalik chetlatdi. Tergovchilarning fikriga ko‘ra, ularning ba’zilari yuz martalab o‘yinga pul tikishgan, jumladan, o‘z jamoalarining o‘yinlariga ham.
S.Rahimov, O‘zA