Tehron AQSH va ittifoqchilarni qaqshatqich zarbadan ogohlantirdi
Eron Qurolli kuchlarining “Hotam Al-Anbiyo” markaziy qarorgohi tarqatgan bayonotda ta’kidlanishicha, Tehron AQSHning mamlakatdagi yadroviy va strategik inshootlarga beradigan har qanday zarbasini mintaqaviy mojaro keskin avj olishi sifatida baholaydi.
Bu haqda “AP News” xabar bergan.
Eron harbiy qo‘mondonligi shunday hujum sodir etilgan taqdirda AQSH va Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi ittifoqchilariga qarashli har qanday ob’ekt qaqshatqich javob zarbasi nishoniga aylanishi ehtimolidan ogohlantirdi. Avvalroq Prezident Donald Tramp Vashington yaqin orada Eronning yadroviy markazlari joylashgan Natanz hududiga zarba berish rejalashtirilayotganini aytgan edi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA