Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida zamonaviy laboratoriya uskunalari xarid qilindi
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish yo‘nalishida hozirda 10 dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda.
Birgina, “O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida operatsion hamkorlik shartnomasi imzolanib, hozirda Buxoro viloyati Jondor va Navoiy viloyati Nurota tumanlarida pilot loyihalar olib borilmoqda.
Loyiha doirasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Buxoro viloyati bo‘linmasi uchun GC-2000 gaz xromatografi va AA-7800 atom-absorbsion spektrofotometri kabi zamonaviy laboratoriya uskunalari xarid qilindi.
Ushbu uskunalar tuproq va o‘simlik tarkibidagi toksik moddalar, pestitsidlar hamda metall elementlarni aniqlash imkonini beradi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA