Tramp va Si Szinpin uchrashuviga yana bir izoh berildi
“Kazinform” xabar berishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni kechqurun Xitoyga davlat tashrifi bilan keldi.
XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Guo Szyakun Amerika yetakchisi hamkasbidan AQSH delegatsiyasi tarkibiga kiruvchi korporatsiyalar uchun bozorni ochish so‘ralgan rejasi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
- Davlat rahbariyati diplomatiyasi Xitoy - Amerika munosabatida ajralmas strategik va yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi, - deya ta’kidlagan diplomat. - Biz Prezident Trampning Xitoyga davlat tashrifini olqishlaymiz. Tashrif davomida davlat rahbarlari asosiy ikki tomonlama masalalar, shuningdek global tinchlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha chuqur fikr almashadi.
- Xitoy tenglik, o‘zaro hurmat va manfaat tamoyiliga asoslanib, hamkorlikni kengaytirish, kelishmovchiliklarni konstruktiv boshqarish, o‘zgarib borayotgan, tartibsizlikka to‘la dunyoga izchil barqarorlik va ishonch bag‘ishlash uchun Qo‘shma Shtatlar bilan ishlashga tayyor, - deya qo‘shimcha qilgan Guo Szyakun.
Qayd etilishcha, AQSH Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi 13-15-may kunlariga belgilangan. Oq uy rahbariga "Boeing", "Tesla", "Apple", "BlackRock", "Mastercard", VISA kabi yetakchi korporatsiyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya hamrohlik qilmoqda.
G.Sattorova, O‘zA