Toshkentda xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy sinovlari davom etmoqda (+video)
Poytaxtimizda o‘tayotgan 58-xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2026) ishtirokchilari bugun musobaqaning eng mas’uliyatli bosqichlaridan biri – amaliy sinovlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etmoqda. Laboratoriyalarda yosh kimyogarlar xalqaro standartlar asosida tajribalar o‘tkazib, tahliliy fikrlash, aniqlik va amaliy mahorat bo‘yicha baholanmoqda.
Mazkur bosqich olimpiadaning eng murakkab qismi hisoblanib, ishtirokchilardan nafaqat chuqur nazariy bilim, balki laboratoriyada mustaqil ishlash, ilmiy xulosa chiqarish va vaqtdan samarali foydalanish ham talab etiladi. Jarayonlar xalqaro hakamlar tomonidan shaffoflik va adolat tamoyillari asosida kuzatilmoqda.
Olimpiadaning amaliy sinovlari qanday tashkil etilgani, tayyorgarlik jarayonlari hamda O‘zbekistonning ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qilish ahamiyati haqida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov fikrlariga yuzlandik.
Intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4DnIokoO4xg" title="Toshkent dunyo kimyosining yuragiga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, O‘zA