Toshkent yangi qiyofada yashillikka burkanmoqda (+video)
Bugungi kunda poytaxtimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini kengaytirish,shaharni "yashil" hududga aylantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxt ko‘chalari uchun mos daraxtlarni yetishtirish maqsadida 21 gektar hududda ko‘chatxona tashkil etildi. Hudud zamonaviy avtomatik tomchilatib sug‘orish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, sug‘orishda artezian suvidan foydalanilmoqda.
Ayni paytda 5 gektar maydonda ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. Ko‘chatlar ikki yil mobaynida shu hududda parvarish qilinib, keyinchalik Toshkent shahrining turli hududlariga ekiladi.
Yashil fondni boyitish uchun Turkiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya, shuningdek Yevropa va Xitoydan turli ko‘chatlar olib kelinmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iS4jO6bdSRs" title="Toshkent yangi qiyofada yashillikka burkanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA