Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi
2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida issiqlik tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihaga muvofiq, diametri 325 millimetr bo‘lgan quvurlarning qariyb 1000 metr uzunlikdagi qismi yangisiga almashtiriladi.
Mazkur ishlar pudrat tashkiloti tomonidan 2025 yil 10–30 sentyabr kunlari yo‘l qismi vaqtincha yopilgan holda bajariladi. Ish jarayonida Cargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv bo‘linmalari hamda yaqin hududda yashovchi aholi uchun zarur kirish va o‘tish imkoniyatlari ta’minlanadi.
Hamroz Bayanov,
O‘zA