“Tonirovka” qimmatga tushdi
Avtomobil oynalarini tegishli tartibda, tegishli idoradan ruxsat olmasdan, oʻzboshimchalik bilan “tonirovka” qilib (qoraytirib) olgan qoidabuzar haydovchilar afsuski oramizda bor.
Avtomobil oynalarini tegishli tartibda, tegishli idoradan ruxsat olmasdan, oʻzboshimchalik bilan “tonirovka” qilib (qoraytirib) olgan qoidabuzar haydovchilar afsuski oramizda bor.
Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 126-moddasida bevosita avtomashina oynasini, belgilangan tartibda, maxsus ruxsatnoma olmay “tonirovka” qilgan shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdori, yaʼni 5 million 575 ming soʻm jarima jazosi tayinlanishi belgilangan.
Sirdaryo viloyati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Guliston shahrida oʻtkazilgan reyd tadbirida ushbu tartib qoidaga boʻysunmasdan, avtomashina oynalarini tegishli tartibda, tegishli idoradan ruxsat olmasdan “tonirovka” qilgan haydovchilar aniqlandi. Ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga kuzatib qoʻyildi. Endi ushbu qoidabuzarlarning har biri 5 million 575 ming soʻmdan jarima toʻlab, oʻzlariga tegishli boʻlgan avtotrasport vositalarini “stoyanka” (jarima maydonchasi)dan olishlari mumkin.
Sirdaryo viloyati IIB YHX boshqarmasi Axborot xizmati, fuqarolardan joriy yilning 2-iyulidan boshlab shaxsiy avtomashinasida Guliston shahriga zarurat boʻlmagan taqdirda kirmasliklarini tavsiya qilmoqda. Chunki shaharda aholisi orasida koronavirusdan zararlangan bemorlar aniqlagan va maxsus komissiya qaroriga koʻra Guliston shahri “qizil hudud” toifasiga kiritilgan.